Men haqimda

Men Navruzbek Daminov Olimjon o'g'li 1999-yil 21-mart sanasida tavallud topganman. Yoshligimdan aniq fanlar matematika va fizika fanlariga qiziqib turli olimpiadalarda ishtirok etdim va turli yuqori natijalarga erishdim. Bu o'z navbatida ushbu aniq fanlarni chuqur o'zlashtirishga turtki bo'lib xizmat qildi. Yuqorida egallagan bilimlarimga asoslanib 2018-yil Toshkent Axborot Texnalogiyalari Unversitetiga Dasturiy Injinering yo'nalishiga hujjatlarimni topshirdim va talabalikka tafsiya etildim. Hozirda ushbu oliygohning 4-bosqich talabasiman. O'tgan yillar davomida turli dasturlar va dasturlash tillarini o'rganib kelmoqdaman. Hozirda men Frontend kursini tamomladim va Backand kurslari uchun PHP dasturlash tilini o'zlashtirmoqdaman. Shu bilan bir qatorda men Rus va Ingliz tillarini o'rganib kelmoqdaman, chunki chet tillari o'z sohamning yetuk mutaxasisi bo'lib yetishishimda muxim ro'l tutadi deb bilaman. Kelajakda Senyor darajasidagi Fullstact Dasturchi bo'lish va Jaxondagi Eng kuchli Gigant IT kompaniyalaridan birini yaratish.

Mening qiziqishlarim 

Men yoshligimdan aniq fanlar qatorida sportni turli sohalariga Boks,  Akrabatika,   Yugurish va boshqa turlariga qiziqaman va ular bilan bo'sh vaqtlarimda ya'ni ta'til vaqtlari shug'ullanib kelaman. Shunningdek menga bizga qardosh bo'lgan Chechenistan xalqi milliy raqsi juda yoqadi. Meni fikrimcha u juda ajoyib. Yana shuni aytishim mumkinki men sayohat qilishni va yangi do'stlar ortirishni yoqtirman. Umuman olganda hayotda faolikni yaxshi ko'raman va hurmat qilaman, chunki hayotdagi nofaol insonlarni juda zerikarli deb bilam. Qani o'ylang siznikcha qanday!? Insonlarning o'z qiziqishlari bu - insonlarning qo'shimcha qobiliyatlaridan biri bo'lib insonlar uni bajarish davomida zerikish va charchash holatidan yiroq bo'ladi. Agar bo'lsa ham uni tez unitishga yordam beradi.